O'quv-uslubiy qo'llanmada umumiy fizika kursining mexanika bo'limiga doir masalalarni oddiydan murakkabga qarab tartiblashtirilgan. Qo'llanmadan foydalanish qulay bo'lishi uchun masalalar yechimlaridan namunalar keltirilgan, hamda jadval ma'lumotlari ilovada berilgan.Qo'llanmadan «Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi», «Matematika o'qitish metodikasi», «Informatika o'qitish metodikasi», «Mehnat ta'limi» bakalavr ta'lim yo'nalishlari talabalari, fan o'qituvchilari hamda mustaqil o'rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin