Бахтиёр Хайдаров

Список книг автора Бахтиёр Хайдаров



    Соҳибқироннинг қиличи

    Бахтиёр Хайдаров

    "Yosh publisist Baxtiyor Haydarovning nomini zamondoshlarimiz yaxshi bilishadi. Respublika gazeta va jurnallarida uning dolzarb mavzulardagi maqolalari, xujjatli hikoyalari, badialari tez-tez bosilib turadi. Ayniqsa Amir Temur o'tgan yo'llar bo'ylab qilgan sayohatlari va ular asosida yozilgan publisistik chiqishlari e'tiborga molikdir. Mazkur to'plam Shahrisabz shahrining muborak 2700 yillik yubileyiga munosib to'yonadir."

    Ўзбекчилик

    Бахтиёр Хайдаров

    "Baxtiyor Haydarovning nomi respublika matbuotida yaxshi tanish. Uning publisistik maqolalari o'quvchilar o'rtasida katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Uning «O'zbekchilik» deb nomlangan badiiy-publisistik asari mavzuning dolzarbligi va yuksak badiiy talqini bilan diqqatga sazovor. B.Haydarov ushbu asarda zamonamizning o'tkir va nozik, alamli va og'riqli nuqtalariga mahorat ila e'tiborni qaratadiki, bu hol o'quvchini o'ylantiradi, fikrlashga undaydi. Shu jihatdan muallifning yuksak mahorati diqqatga sazovordir. Asarning butun mazmun-mohiyati yosh avlodni istiqlol ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi – bu kitobning qiymati va ahamiyatini belgilaydi. "

    Сафар олдидан сафар

    Бахтиёр Хайдаров

    Шарқ донишмандлари инсон ҳаётини уч босқичга бўлиб, биринчи босқичида илм ўрганиш, ҳунар эгаллаш, иккинчи босқичида сафар- саёҳатлар қилиш, дунё кезиш, учинчи қисмида эса кўрган-кечирганларини ҳикоя қилиб, қоғозга туширишни маслаҳат беришган.Публицист Бахтиёр Ҳайдаровнинг мазкур китоби бадиий-фалсафий асар бўлиб, муаллифнинг буюк бобоколонимиз Соҳибқирон Амир Темур ҳазратлари салтанати бўйлаб қилган илмий-ижодий сафарига бағишланган.Ширали тил ва бадиий маҳорат билан ёзилган ушбу асар кенг китобхонлар оммасининг эътиборини қозонишига ишонамиз.

    Бахт китоби: эсселар

    Бахтиёр Хайдаров

    Baxtiyor Haydarovning «Baxt kitobi» ilmiy-ommabop to'plami inson ruhiyatini anglashga bo'lgan intilishlar mahsuli, deb baholash mumkin. Kitobni yozishda muallif juda ko'p manbalardan va qiziqarli ma'lumotlardan foydalangan. «Baxt kitobi»ning o'ziga xos jihati, muallifning baxt mavzusiga falsafiy, ijtimoiy, tibbiy, o'rni kelganda, diniy nuqtai-nazardan yondoshishidir. Ushbu asar tilining shiradorligi, uslubining ravonligi, yoqimli yumorini alohida ta'kidlash lozim.