Mo‘ttivoy haqidagi qissa O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ning yangi bitilgan asarlaridan hisob lansa-da, yosh kitobxonlarga behad yoqib qolgani bois, qisqa vaqt ichida bir necha bor nashr etildi. Tabiat va undagi barcha jonzotni sevishga, asrab-avaylashga chorlovchi ushbu qissa ichakuzdi voqealarga juda boy, asar qahramonidan tortib, uning atrofi dagi boshqa ishtirokchilarning har biri o‘xshashi yo‘q xislatga, fe’l-atvorga ega va shunisi bilan o‘quvchining yodiga mustahkam o‘rnasha oladi. Ushbu asarning Mo‘ttivoyi kitobsevar bolalar uchun bundan keyin ham Shum bola, Hoshimjon, Buratino, Maugli singari sevimli qahramonlardan biri bo‘lib qolaverishiga shak-shubha yo‘q.
Bir qaraganda, Meshpolvon o‘z qornining tashvi shidan bosh qa sini o‘ylamaydigan yalqovgina bir bola. Lekin bosqinchilar uning yurtini egallab, qishlog‘idagi ko‘p odamlar qatorida bolakay ning jangda yaralan gan otajonisi, suyukli onajo nisini ham qul sifatida uzoq joylarga haydab ketgach, hayotida birdan keskin o‘zgarish yuz beradi. Ota-onasini qutqarib kelish maqsadida yo‘lga otlangan Meshpolvon, o‘zi bilib bilmagan tarzda, zo‘ravonlikka qarshi katta kurashchiga aylanadi. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning yurtimiz musta qil likka erishuvidan oldinroq yozilgan bu qissasini taniqli adabiyotshunoslardan biri yuksak baholab, ush bu kitob qaram davlatning bolalariga tarqatilgan ozodlik varaqalari edi, deganida haq edi. Ming-minglab bolalarimiz uchun sevimli bo‘lib ketgan, ushbu asarni o‘qigach, o‘zingiz ham bunga amin bo‘lasiz.
Talonchilar to‘dasining boshlig‘i Bekxo‘ja mashhur ixtirochi olim Kamtariyga qasdlashib qolib, uning kishi larga ko‘makdosh bo‘lishi uchun yaratgan “Avtobola” deb atalmish robotini o‘g‘irlab ketadi va undan o‘zining qora niyatlari yo‘lida foydalana boshlaydi. Avtobola birda juda-juda kulgili, birda o‘quvchini qattiq hayajonlantiruvchi voqealarni boshdan kechiradi. Orada, Bekxo‘janing asrandi o‘g‘li bilan do‘stlashib qoladi va ikkalasi birgalashib, yovuzlikka qarshi isyon ko‘tarishadi. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning bu qissasi yosh kitobxonlar orasida dovrug‘ qozona borib, keyinchalik mazkur kitob asosida sahna asari yaratildi, kinofilm suratga olindi.
Har qanday chuqur fi krni, yuksak g‘oyalarni ham o‘ta qiziq voqealar zamirida bera olish O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ijodining eng o‘ziga xos tomoni. Ushbu quvnoq asar ham shuning isbotidir. Nihoyatda kitobsevar, xayolparast, yuksak orzularga intiluvchan Alamazon xazina qidiruvchilar to‘g‘risidagi bir asarni o‘qigach, o‘zi ham xazina topishni, bu boylik hisobidan qishloqdoshlariga katta yaxshiliklar qilishni o‘ylab, sinfdoshi Eshmatni safarga yetaklaydi. Tog‘dagi g‘orga boylik izlab kirgan ikki do‘st o‘rta asrlar timsolidagi g‘aroyibdan g‘aroyib bir mamlakatga borib qolishadi. Bir-biridan hayajonli, bir-biridan kulgili voqealar shundan keyin boshlanadi. Yumalab-yumalab kulmoqchi bo‘lsangiz, bu kitobni o‘qib ko‘ring.