Agar kishi el-yurtini, loaqal o'z tug'ishganlarini yurak-yurakdan yaxshi ko'ra olsa, ularni deb katta qahramonliklar ko'rsatish bemalol qo'lidan keladi. O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xalq dostonlari ohangida bitilgan quvnoq qissasi zamirida shu ma'no bor. Unda yovuz Sepkilshohning askarlari shaharu qishloqlarni talab, ko'plar qatorida Meshpolvonning yarador dadasi va ko'zlari kiyiknikidek chiroyli onasini ham qul qilib haydab ketadi. Bundan xo'rligi kelgan bola kunlardan bir kuni o'qlovni nayza, qozonqopqoqni qalqon, daskallani qilich qilib, ota-onasini qutqarish uchun cho'loq xachirda jangga jo'naydi… Pashshavoy voqeasiga kelsak, buni o'qiyotib, tamoman boshqa bir olamga kirib qolasiz.
Biz odamlar deyarli har kuni goh yoqimli, goh almak-jalmak tushlar ko'ramiz. Ularning ba'zilari, hayotimizning bir parchasiga o'xshab, umrbod esimizda saqlanib qoladi. Jonivorlar ham tush ko'rarmikin? Agar ko'rsa, ular qanaqa tushlar bo'lishi mumkin? Muallif ana shu savollarga o'zicha javob qidiradi. O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning o'ta quvnoq, ayni chog'da chuqur mushohadaga chorlovchi qissasida esa, biron-bir ulkan maqsadni ko'zlaganda shoshqaloqlik qilish, puxta o'ylamasdan ish ko'rish kishini mushkul ahvolga solib qo'yishi hech gap emasligi bayon etiladi. Katta hayotga endigina kirib borayotgan o'smirlar uchun bu asar o'ziga xos bir saboqdir.
Insonlarga yaxshilik qilish uchun yaratilgan temir bola talonchilar to'dasining qo'liga tushib, qaroqchiga aylanadi. Tutqich bermas bu temir bolani qo'lga tushirish esa juda qiyin. Uni yomon kimsalar ta'siridan qutqarib, to'g'ri yo'lga qaytarishga urinayotganlar o'z maqsadiga yeta oladimi?Buni bilib olish uchun O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qalamiga mansub bo'lmish ushbu mashhur qissani o'qib chiqishimiz lozim.Kitobdan turkum hikoyalar ham joy olgan. Ham aqlni o'stirishni, ham yayrab kulishni xohlovchi bolalar uchun ular ayni muddaodir.
Alamazon va Eshmat ismli bolalar bu kitobdagi o'ta ajabtovur qissaning asosiy qahramonlaridir. Ular xazina topish umidida tog'dagi g'orlardan biriga kirib, o'rta asrlar timsolidagi g'aroyib mamlakatga borib qolishadi. Barcha ichakuzdi voqealar ana shundan keyin boshlanadi.Futbol to'pi Akmal degan oshnasini yo'qotib qo'yib, uni qaytadan topgunicha ne-ne joylarni kezgani, qanchadan-qancha tajovuzlardan qochib qutulgani haqidagi turkum hikoyada ham O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qalamiga xos quvnoqlik alohida balqib turadi.
Bu kitobga O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning dovruqli qissalari, turkum hikoyalari jamlandi. Bir qissada o'zgalarga boshliq bo'lib olishga urinib, ko'plarni laqillatib yurgan yolg'onchi Uloqcha, birovlarniki tugul, o'z jonini ham xatarga qo'ygani bayon etilsa; ikkinchisida o'lkalarga bahor kirib kelishini istamovchi yovuz kuchlarning sehri bilan Navro'zoy hushsizlantirib qo'yilgani, uni qayta uyg'otish uchun botir Boychechak va uning do'stlari zo'ravonlarga qarshi jangga otlangani haqida so'z yuritiladi. Qissalarda kulgili, hayajonga boy voqealar behad mo'l.Turkumdagi hikoyalar ham biri biridan qiziq
Инсонларга яхшилик қилиш учун яратилаган темир бола талончилар тўдасининг қўлига тушиб, қароқчига айланади. Тутқич бермас бу темир болани қўлга тушириш эса жуда қийин. Уни ёмон кимсалар таъсиридан қутқариб, тўғри йўлга бошлашга уринаётганлар ўз мақсадига ета оладими? Буни билиб олиш учун Ўзбекистон халқ шоири Анвар Обиджон қаламига мансуб бўлмиш ушбу машҳур қиссани ўқиб чиқишимиз лозим. Китобдан туркум ҳикоялар ҳам жой олган. Ҳам ақлни ўстиришни, ҳам яйраб кулишни хоҳловчи болалар учун улар айни муддаодир.