Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Шабнам кулгуси

    Юлдошева Динора

    Yoshlik she'rga, ezgulikka oshno zangor fasldir. Qo'lingizdagi she'riy to'plam samarqandlik yosh iste'dod sohibi Dinora Yo'ldoshevaning (hujjatda Yuldoshova) dil izhorlari, samimiy, beta'ma satrlaridan jamlanib, yosh muallif tili bilan aytganda, shabnamdek toza tuyg'ular kulgusidan, quvonchu g'ussasidan tashkil topgan. O'n olti yosh ostonasida turgan qalamkashimizga o'qish va hayotiy faoliyatida omadlar tilab, uning taqdim etayotgan ushbu ilk kitobi o'quvchiga manzur bo'lishiga umid qilib qolamiz.

    Болакай нидоси

    Нгуги Джеймс

    Afrikalik yozuvchi Jeyms Ngugi bir-biridan qiziqarlisarguzashtlarga boy ushbu romanida oq tanli mustamlakachi Xaulends, qora tanlizamindor Jakoba hamda kambag‘al kishi Ngoto oilasi misolida o‘z yerlari uchunvaqtida jon koyitmagan, qayg‘urmagan keksa keniyaliklar ustidan kuladi, bundaybeparvolik, noahillik va sustkashlik orqasida mislsiz fojialar yotganini ro‘yirost yorqin manzaralarda ko‘rsatadi.

    Робинзон Крузонинг ҳаёти ва ажойиб саргузаштлари

    Дефо Даниель

    Atrofingda sen bilan dardlashadigan, umuman, muloqot qiladigan kimsa yo'q, go'yo olamda faqat yakka o'zing va bir qancha jonivorlar. Barcha tashvishlar-u kulfatlarga faqat shu jonivorlargina guvoh. Orzu-xayollar, iztiroblar, sog'inch hissi seni sira tark etolmaydi. Yigirma sakkiz yil kimsasiz, to'rt tomoni bepoyon ummon bo'lgan orolda yashagan Robinzon Kruzoning sarguzashtlarga boy kechmishi kitobxonni befarq qoldirmaydi, shuningdek, voqealarning oddiy va kutilmagan holatlar bilan bayon qilinishi qiziqtirishi tabiiy. Bir necha yuz yillardan beri qayta-qayta nashr etilib, qo'ldan tushmay kelayotgan dunyoga mashhur ushbu kitob siz, azizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

    Робинзон Крузонинг ҳаёти ва ажойиб саргузаштлари

    Дефо Даниель

    Атрофингда сен билан дардлашадиган, умуман мулоқот қиладиган кимса йўқ, гўё оламда фақат якка ўзинг ва бир қанча жониворлар. Барча ташвишлару кулфатларга фақат шу жониворларгина гувоҳ. Орзу-хаёллар, изтироблар, соғинч ҳисси сени сира тарк этолмайди.Йигирма саккиз йил кимсасиз, тўрт томони бепоён уммон бўлган оролда яшаган Робинзон Крузонинг саргузаштларга бой кечмиши китобхонни бефарқ қолдирмайди, шунингдек, воқеаларнинг оддий ва кутилмаган ҳолатлар билан баён қилиниши қизиқтириши табиий.Бир неча юз йиллардан бери қайта-қайта нашр этилиб, қўлдан тушмай келаётган дунёга машҳур ушбу китоб сиз, азизларга манзур бўлади, деган умиддамиз.

    Ниқобсиз Америка ва бошқа манзилгоҳлар

    Нурий Дадахон

    Dadaxon Nuriy serqirra ijodkor: dastlab kompozitor hamda talabchan murabbiy Evgeniy Shvarsdan bir necha yil davomida musiqa sabog'idan dars olib, domlaning umidli shogirdlaridan hisoblangan. So'ngra badiiy ijod sirlarini benazir so'z ustasi Abdulla Qahhordan, rassomchilikni buyuk mo'yqalam sohibi Chingiz Ahmarovdan, «tilshunoslik» ni 55 yillarda taqdir taqozosi bilan Toshkentga kelib qolgan hind muhojiri Madan Mohan Hardat hamda Dehli universitetining professori Qamar Raisdan olgan. Suhbatlardan birida A.Qahhor «siz ko'proq adabiyot bilan shug'ullaning» deya maslahat beradi. Yozuvchi dastlab chuqur lirizm kechinmalariga boy qissa, roman, hikoya kitoblari orqali ko'pchilik muxlislar, ayniqsa yoshlar e'tiborini qozongan. So'ngra «jangovar» dolzarb mavzulardagi publisistik janrga qo'l urdi. Vaqtli matbuot orqali adibning shu ruhdagi ko'plab chiqishlari katta shov-shuvlarga sabab bo'lib, o'sha davr yalovbardorlarini bezovta qilgan, ta'qib ostiga olingan, biroq engilmagan. Taniqli munaqqid, O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov D.Nuriy haqida «Shvesariya bilan qiyoslanuvchi tog'li Bo'stonliqning ekologik „fronti“da dunyoni titratib turgan SSSR degan mamlakatning Harbiy vaziri bilan olishib, quturgan buqaning dumiga chelak bog'lagan yozuvchidir» deya bejiz yozmagan. Hozirda «Dadaxon Nuriy o'zbek essechiligi ustasi» (Shukur Holmirzaev) deya tan olingan. Shuningdek, safarnoma mavzusida yozilgan «Hindiston ming yildan so'ng», «Daricham ro'parasidagi Pokiston», «Hatarli jannat safari» (Shri Lanka haqida) asarlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. O'ylaymizki, muallifning navbatdagi «Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar…» kitobi ham «kutilmagan yangilik» sifatida ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi tabiiy.

    Узоқ-яқин манзиллар

    Нурий Дадахон

    Дадахон Нурий тинчимас адиб, у она юртимиз сарҳадлари, дунёнинг қатор мамлакатлари бўйлаб ижодий саёҳатлар қилган. Шунинг натижаси бўлмиш ёзувчининг сафарнома асарлари мазкур сайланма асос қилиб олинди.

    Шаҳар тегирмони

    Нурий Дадахон

    Ёзувчи Дадахон Нурийнинг ушбу тўпламидан жой олган ҳикоя ва публицист асарлари газета, журнал саҳифалари орқали сизга кўндан буён таниш. Шунингдек, адибнинг янги қиссаси ҳам бу китобдан ўрин олган.

    Олисдаги дала-боғ

    Нурий Дадахон

    Ўқувчиларга тақдим этилаётган мазкур китоб тоғли Бўстонликда жойлашган, бир пайтлар «туманнинг ўн учинчи хўжалиги» деб аталган Озод Шарофиддинов номли дала-боғ – «калҳўз» 25 йиллиги ҳамда унинг Раиси 75 ёшга тулиши муносабати билан чоп этилмоқда.

    Етиб бормас номалар (Фарзанд доғида куйганлар ўқимасин)

    Исмоилова Гулсара

    Gulsara Ibodulla asarlari o'zining hayotiyligi, samimiyligi bilan qadrli. Yozuvchi bezanish, bejab-bo'yashlarga intilmasligi bilan muxlislari qalbiga chuqur kirib bora oladi. Haqqoniy, o'ziga zarracha yolg'onni yuklamagan mazkur tahlil-tasvirlar sizga ruhan ta'sir qilsa kerak, deb o'ylaymiz.