Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Ўн саккизга кирмаган ким бор

    Холмирзаев Шукур

    Yuksak badiiy asar haqqoniy hayot aksidir. Shuning uchun ham oquvchi unda ozini topadi, ozining aksini ko'radi, hayajonlanadi, quvonadi, yig'laydi, iztirobga tushadi. Bir soz bilan aytganda asar qahramonlari bilan yashaydi. Taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning ushbu qissasi oquvchi qalbiga ana shu tarzda kirib boradi.

    Одам қиёфасидаги бўрилар

    Акбаров Шохрух

    Таниқли адиб, журналист Шоҳрух Акбаровнинг номи китобхонларга яхши таниш. Унинг ҳужжатли ҳикоя ва қиссаларида инсон тақдири, ҳаётда одамнинг қадри, муаммолари ҳақида сўз кедати. Ёзувчининг янги тўпламида сўнги йилларда ёзилган суд очерклари жамланган бўлиб, ўнда «Қилмиш-қидириш», «Жиноятчи жазосини топади» каби ҳикматлар ўз ифодасини топган. «Жиноят ва жазо» рукнида чоп этилаётган бу ҳужжатли ҳикоялар сизга ҳам манзур бўлади, деган умиддамиз.

    Кунботардаги боғ. Қиссалар ва ҳикоялар

    Бутаев Шойим

    Qissa va hikoyalarda insonning qalb kechinmalari, quvonchu qayg'ulari zamon va makon chegarasiga sig'maydigan abadiy hodisalar sirasiga kirishi o'ziga xos tasvirlangan. Kitobni o'qib chiqqach, bunga o'zingiz ishonch hosil qilasiz.

    Даюс

    Кораев Шерхон

    Қўлингиздаги ушбу ҳикоялар тўпламида қизиқарли мавзулар ва ижтимоий ҳаёт муаммолари қаламга олинади. Муаллиф айрим ҳикояларида ҳажв тиғи остида порахўрлик, ошна-оғайнигарчилик, таниш-билишчилик, фолчилик каби иллатларни аёвсиз танқид қилади.Ҳикоялар равон тилда ёзилган ва ўйлаймизки, у сизни ўзига мафтун этади.Ҳикояларни ўқиб, ўзингиз уларга баҳо беринг, азиз китобхон!

    Алишер Навоийнинг устозлари

    Кораев Шерхон

    Филология фанлари бўйича фалсафа доктори, навоийшунос олим Шерхон Қораев қаламига мансуб қўлингиздаги ушбу мажмуада улуғ мутафаккир зот, шоирлар султони, Ҳазрат Мир Алишер Навоийнинг пиру устозлари, у зоти бобаракотни дуо қилган азиз-авлиѐлар, мураббийлари тўғрисидаги маълумотларни китобхон қалбига мустажо бўла оладиган тарзда равон ва илмий ѐндашган ҳолда тақдим этилади. Китобни ўқиб, ўзингиз ҳам бунга амин бўласиз, албатта. Зотан Алишер Навоийнинг устоз – муаллимлари ҳақидаги маълумотлар сизда катта қизиқиш ўйғотади, деган умиддамиз.

    Наполеонзода

    Лоран Шарль

    Fransuz adibi Sharl Loran qalamiga mansub «Napoleonzoda» romani o'z ichiga XIX asrning boshlari – Napoleon Fransiyasi davrini olgan «Napoleonning josusi» asarining mantiqiy davomidir. Asarda bayon qilingan asosiy voqealar bosh qahramon – Rim qiroli gersog Reyxshtadtskiy atrofida aylanadi. Gersog Reyxshtadtskiy asli buyuk fransuz sarkardasi Napoleon Bonapartning o'g'li – Jozef Fransua Sharl Bonapart. Otasining ayanchli taqdiri o'g'ilning hayotiga ham soya soldiki, onasidan ayro yashagan, o'z bobosi qo'lida tutqun bo'lgan Napoleonzoda 21 yoshida sil kasalligidan vafot etadi… Kitobxon romanni mutolaa qilar ekan, XIX asr boshlaridagi ikki qirollik oliy nasab kishilar, tug'ishganlar o'rtasidagi adovat, shaxsiy g'arazlar buyuk insonlar hayotining qanchalar ayanchli bo'lganiga guvoh bo'ladi.

    Ўзликни англаш завқи ёхуд Сизни ўзгартирадиган китоб

    Раззаков Шавкат

    "Amaliyotchi psixolog Shavkat Razzoqovning «„O'zlikni anglash zavqi yohud Sizni o'zgartiradigan kitob“» nomli ushbu kitobi Siz azizlarga o'z-o'zingizni, aniqrog'i o'zligingizni tanib olishingizda beg'araz ko'makchi va dasturulamal bo'ladi, degan umiddamiz."

    Кўнгилнинг пинҳона кўчалари

    Раззаков Шавкат

    "Ushbu risolaning mazmun-mohiyatini muallif quyidagi satrlarda ifodalab berdi: «O'z tabiatim va shaxsimni tushunish va anglash menga hayotiy qadriyatlarimni tanlab o'z maqsadimni belgilashga yordam beradi. Shu asosda shaxsan o'zim bilan hamda yaqinlarim, atrofimdagi olam va odamlar bilan har qanday hayotiy vaziyatlarda uyg'un munosabat o'rnatishga, qolaversa o'zimni, o'zligimni bu dunyoda namoyon etishga qodir inson bo'la olaman»."

    Кеча ва кундуз

    Абдулҳамид Чўлпон

    Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning «Kecha va kunduz» romani yaratilganiga qariyb 80 yil to'lgan bo'lsa-da, u hamon qo'ldan-qo'lga o'tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qismdan iborat bo'lib, dastlabkisi – «Kecha» deb nomlangani qo'lingizdagi kitobda aks etadi. «Bugun» deb atalgan ikkinchi qismi haqida esa ma'lumotlar yo'q. Kitobda o'zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik, xudbinlik va mol-mulk orttirish yo'lidagi illatlar ham o'z in'ikosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi. Cho'lpon dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik siz, azizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.