Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Бир дарднинг ўн давоси 2-китоб

    Группа авторов

    Ҳар гал дард Ер юзига туширилганда унинг ёнида ўнта шифоси ҳам бирга туширилар экан. Шунинг биттаси ҳаром, қолган тўққизтаси ҳалол даво бўлар экан. Афсуски, бандалар кўп ҳалоли турганда кўпинча ҳаром шифони танлар эканлар. Ушбу туркум китобларимизда дардлар ва уларнинг шифолари ҳақида маълумотлар бериб боришга ҳаракат қиламиз. Ўйлаймизки, китоб сиз азизларга манзур бўлади ва дардингизга шифо топишингизда яқиндан кўмакчига айланади.

    Ҳақиқатнинг оддий сўзлари (Юнон донишмандлари афоризмлари)

    Группа авторов

    Сўз – мўъжизавий қудрат, қалбга қувват бағишловчи куч, юз, минг йиллик заковат мулкини етказувчи занжирдир. Сизга тақдим этилаётган ушбу китобда ҳам сўз маъсулиятини ҳис этиб яратилагн ҳикматлардан баҳраманд бўласиз. Юнон донишмандларининг дунё, инсон, маънавият, ахлоқ, тарбияга оид залворли мулоҳазалари ихчамгина афоризмларда тиниқ, теран ифода этилган…

    Синергетика-2: назария ва амалиёт

    Группа авторов

    Мазкур жамоавий монографияда замонавий умумфалсафий методология ҳисобланган синергетика фанининг назарий қоидалари, фундаментал тушунчалари ва қонуниятлари, синергетик тафаккурнинг хусусиятлари, инсон моҳиятининг синергетик табиати ва синергетик жараёнларнинг амалиётда: ижтимоий системаларда, технологик жараёнларда намоён бўлиши ҳамда синергетик фракталларга оид мақолалар жой олган. Китоб синергетик методология имкониятлари билан танишиш истагида бўлган тадқиқотчиларга, докторантларга, изланувчиларга, талабаларга ва замонавий фалсафий муаммоларга қизиқувчи ҳар бир ўқувчига мўлжалланган.

    Инсон тараққиёти

    Группа авторов

    Mazkur darslikda insonni taraqqiyoti konsepsiyasining nazariyasi va asoslari, uning tarkibiy qismlari, mazkur konsepsiyaning iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish modellari bilan o‘zaro bog‘liqligi, Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash uslubiyoti, inson taraqqiyotiningdemografik va ekologik omillari, ushbu sohadagi milliy maqsadlarni amalga oshirishda davlatning roli, O‘zbekiston Respublikasida inson taraqqiyoti ahvolining tahlili bayon etilgan.Darslikda BMT Rivojlanish dasturining global va mintaqaviy ma'ruzalarida, O‘zbekiston Respublikasining Milliy ma'ruzalarida bayon etilgan uslubiy ishlanmalaridan foydalanilgan.Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilari, inson taraqqiyoti muammolari bilan qiziqadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

    Илмий тадқиқот методологияси

    Шермухамедова Н.А.

    "Darslik magistratura mutaxassisligi o'quv rejasining 1- umummetodologik fanlar bloki o'quv adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatidagi o'ziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, innovasiya va novasiyalarning o'zaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Zero, bugungi kunda insonning o'zi va dunyoni tushunishida, ilmiy faoliyatdagi ziddiyatlarning echimini topishda va global muammolarni hal qilishda olimning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish zarurligining ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik barcha oliy o'quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug'ullanuvchi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan."

    Ёш тадқиқотчи – муаммо ва ечимлар

    Группа авторов

    Mazkur to'plamda Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika institutining magistrantlari, yosh tadqiqotchilari hamda iqtidorli talabalarining ilmiy izlanish natijalari mujassamlashgan bo'lib, unda turli yo'nalishdagi fanlarni o'qitishning samarali yo'llari, usullari hamda ta'lim-tarbiyaning turli qirralarini yoritishda zamonaviy texnologik yondashuvlar asosida uslubiy tavsiyalar va ko'rsatmalar berilgan.

    Шахс психодиагностикасининг проектив методлари

    Группа авторов

    "Kitobchada shaxsning ichki dunyosidagi o'zi anglamagan, ong ostida yotgan xolatlarni diagnostika qiladigan metodikalar to'plangan. Yig'ilgan testlardan kattalar va bolalarni diagnostika qilishda foydalanish mumkin. Ushbu testlar shaxsni o'z-o'zini bilishiga va o'zini-o'zi anglashiga yordam beradi. Ushbu risolada to'plangan testlardan psixologiya sohasida o'qiyotgan talabalar, amaliyotchi psixologlar o'z faoliyatlarida keng foydalanishlari va har bir qiziqqan odam o'zini tahlil qilishda qo'llanishi mumkin."

    Асаб ва стресс

    Группа авторов

    Одамнинг умрини қисқартирувчи асосий омиллардан бири асаб касалликлари ҳисобланиши бугун барчамизга сир эмас. Шундай экан, асабларни асраш ва даволаш борасидаги маълумотлар ҳаммани қизиқтирса керак. Ушбу китобда асаб ва асаб касалликларига доир кўпгина маълумотларни жамлаб эътиборингизга ҳавола этар эканмиз, рисоламиз қайсидир маънода «маслаҳатгўйингизга» айланса, ажаб эмас.