Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Касб таълими ўқитувчисининг педагогик фаолияти модели

    Н.С. Сайидахмедов

    "Kasb ta'limi o'qituvchisi o'ziga xos shaxs sifatlariga ega bo'lgan oliy ma'lumotli pedagog-murabbiy. Uning zamonaviy pedagogik faoliyati tuzilmasi, bilim va ko'nikmalari, zarur bo'lgan kasbiy shaxs sifatlari nihoyatda sirqirrali va murakkab bo'lib alohida tadqiqotlar o'tkazishni taqozo etadi. Mazkur kitobda ana shu muammolar modellashtirish metodi asosida ilmiy jihatdan o'z ifodasini topgan. Kitob kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalari, malaka oshirish Markazlari o'qituvchilari, modellashtirish muammolari bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan."

    Педагогик маҳорат ва педагогик технология

    Н.С. Сайидахмедов

    Ushbu monografiyada oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilarining kasbiy pedagogik mahoratini Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida rivojlantirish muammolari nazariy tahlil etiladi. O'qituvchining pedagogik faoliyati modellashtirish metodi yordamida loyihalanadi, pedagogika fani metodologiyasi va metodologik muammolari ilmiy jihatdan asoslanadi. Oliy maktabda o'qitishning umumdidaktik prinsiplari, noan'anaviy shakl va metodlari, yosh o'qituvchilar faoliyatida uchraydigan biluv to'siqlarining o'ziga xos jihatlari ta'kidlanadi. Innovasion pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari, rivojlanish tarixi, sifat ko'rsatkichlari ishlab chiqiladi, o'qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi ko'rsatiladi. Ta'limiy texnologiyalarni loyihalash qonuniyatlari alohida ishlab chiqiladi, «Oliy maktab pedagogikasi» fani mavzulari bo'yicha yaratilgan texnologiyalarning didaktik samarasi tajriba-sinov asosida aniqlanadi va muhim nazariy-amaliy xulosalar ifodalanadi.

    Умумий педагогика 2-китоб

    Н.С. Атаева

    Mazkur o'quv qo'llanmaning II kitobi pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, milliy istiqlol g'oyasi va milliy mafkuraning pedagogik metodologik asoslari, ta'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti asoslari hamda pedagogik mahorat va zamonaviy pedagogik texnologiya asoslarini yoritishga bag'ishlangan. Har bir mavzu matnidan so'ng takrorlash va munozara yuritish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, intellektual treninglar berilgan. Bu esa o'quv mashg'uloti davomida talabaning olgan bilimini mustahkamlashga zamin yaratadi, mustaqil fikrlashga, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqotni jonlantirishga, tahsil oluvchining faoliyatini oshirishga yordam beradi va muammoli o'qitish bosqichlarini o'z ichiga qamrab oladi. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining bakalavriat talabalari va magistratura yo'nalishlari magistrantlari, hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.

    Саноат корхоналарида энергия самарадорлигини оширишнинг айрим илмий муаммолари ва ечимлари

    Н.Н. Садуллаев

    Монографияда саноат корхоналарида энергия самарадорлиги­ни ошириш муаммолари таҳлил қилиниб ва уларни ечими бўйича тавсиялар таклиф этилган. Илмий монография энергия самара­дорлиги соҳасида илмий-тадқиқот олиб бораётган илмий изланув­чи­лар ва саноат корхонаси энергия хўжалигини бошқараётган му­тахассисларга мўлжалланган.

    Отбор претендующих на спорт высших достижений

    Н.Н. Рустамов

    В данной монографии рассматривается актуальный вопрос, связанный отборам претендующих на спорт высших достиже­ний (СВД) с точки зрения спортивной синестезиии и ее численной оценки. Предложенные методические и критериальные инструментарии для решения задачи отбора на СВД имеют очень большое научно-практическое значение. Когда боль­шой спорт приобретает политический и коммерческий оттенок, он превращается в спорт высших дос­тижений, имеющее большое социально – моральные ценности для лю­бого социума. Поэтому результаты этой работы являются востребо­ванными.Монография рассчитана на специалистов (теоретиков и практиков) связанных с воспитанием и формированием сборных команд для выступления на соревнованиях высшего ранга. А также для моло­дых спортсменов мечтающих стать ‹‹звездами›› мирового спорта.

    Туркистон ўлкасидаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй.)

    Н.Н. Кодиров

    "Mazkur monografiyada Vatanimiz hududida XIX asr o'rtalaridan XX asr boshlarigacha bo'lgan davrda ta'lim sohasida mustamlakachi hokimiyat tomonidan tub xalqlar madaniyati va ma'naviyatini o'zgartirish maqsadida amalga oshirgan ishlari, yaratilgan rus ta'lim muassasalari faoliyati tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari asosida ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, monografiyada rus ta'lim muassasalarini an'anaviy ta'lim muassasalari va jadid maktablari faoliyati bilan taqqoslash orqali ularni mohiyatan faoliyati maqsadi ochib berilgan. Mazkur monografiya Vatanimiz tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ayniqsa, monografiya materiallaridan universitet, institut va o'rta maxsus kasb-hunar kollejlarida Vatanimiz tarixining mustamlaka davrini o'qitishda qo'llanilishi mumkin."

    Перевозка скоропортящихся грузов

    Н.Н. Ибрагимов

    "Другие соавторы: Р.Ю.Турсунходжаева В учебном пособии изложены правила перевозок грузов в соответствии с Уставом железной дороги и законодательством о железнодорожном транспорте. Учебное пособие предназначено для направления подготовки 3521100 – Наземные транспортные системы по профессии 3521109 – Электромеханик по техническому обслуживанию, ремонту и эксплуатации вагонов, холодильного оборудования и установок кондиционирования воздуха на железнодорожном транспорте, а также слушателей Дорожного центра повышения квалификации, подготовки и переподготовки кадров."

    Сибелиус 4, Сибелиус 6 нота муҳаррирларида ишлаш масалалари

    Н.Қ. Умуров

    O'quv qo'llanma Sibelius nota muharriri bilan ishlash ma­sala­lariga, dasturning eng ommabop 4.0 va 6.0 versiyalarining imkoni­yatlarini, taqdim etiladigan vositalarning o'xshashlik va farqli jihatlarini qiyosiy o'rganishga, ular bilan ishlash mahoratini oshirishga bag'ish­langan. Qo'llanmada nota hujjatlarini yaratishdan tortib, ularga ko'rimli ishlov berishgacha bo'lgan mavzular batafsil yoritib berilgan.Ushbu o'quv qo'llanma musiqa san'ati oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarining talabalari va o'quvchilariga «Musiqiy informatika va kompyuter grafikasi» fanida foydalanishlari hamda nota hujjatlari bilan bevosita ish yurituvchi mutaxassislarga mo'ljallangan.

    Методология инновационного развития национальной экономики

    Н.К. Мухитдинова

    Монография посвящена теоретическим и практическим проблемам совершенствования методологии инновационного развития национальной экономики. Дается развернутый теоретический анализ понятия инноваций и инновационной деятельности; эволюция развития национальных экономических систем; рассмотрены индикаторы оценки инновационных процессов, как практические инструменты для их общего представления и мониторинга.Разработаны и обоснованы предложения по совершенствованию государственной политики инновационного развития, налоговые меры стимулирования трансфера и коммерциализации технологий, создания недостающих элементов инновационной инфраструктуры республики, а также институциональные механизмы развития национальной инновационной системы в форме частно-государственного партнерства. Книга предназначена научным исследователям и специалистам, преподавателям и студентам, руководителям и инженерно-техническим работникам, заинтересованным в области рассматриваемых вопросов инновационного развития, а также при выработке политических решений в области трансфера и коммерциализации технологий.

    Менежмент асослари ва бизнес режа

    Н.К. Йулдошев

    Ushbu darslikda menejmentning nazariy jihatlari, boshqaruv munosabatlari va tashkilotlarning rivojlanishidagi yangi tendensiyalar zamonaviy nuqtayi nazardan ko'rib chiqiladi. Boshqaruv jarayonining asosiy figurasi — kasb egasi bo'lgan boshqaruvchi menejerga, uning shaxsi, ishni tashkil qilish, o'zini o'zi boshqarish va mehnat jamoasini tashkil qilishga muhim o'rin ajratiladi."Menejment asoslari va biznes reja" fani bo'yicha tayyorlangan darslik o'z tarkibiga korxona, uni tashkil qilish asoslari, korxonada mehnatni tashkil etish, normalashtirish va unga haq to'lash masalalarini hamda korxona faoliyatini rejalashtirish usullarini ham oladi.Darslik oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv yurtlari talabalari, jumladan trikotaj mahsulotlari texnologiyasi yo'nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda amaliy xodimlar, turli darajadagi menejerlar uchun mo'ljallangan.