Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Оилада севги суҳбатлари

    Сабохат Бозорова

    Hayot ichra oila hayotimiz ham o'tib ketmoqda. Uni huzur-halovatli, mazmunli, maroqli o'tkazish har ota-onaning orzusi. Bu ezgu niyatingiz amalga oshishi uchun ushbu kitobdan har kuni bor-yo'g'i 15 daqiqa oilangiz davrasida mutolaani yo'lga qo'ysangiz bas.Oilangiz SEVGI, MEHR, SAODAT shu'lalari ila nurafshon bo'lsin, aziz o'quvchi!

    Мелиорация машиналари

    С.Т. Вафоев

    "Ushbu dаrslik «Mеliоrаtsiya mаshinаlаri» fаnidаn «Suv хo'jаligi vа melioratsiya ishlаrini mехаnizаtsiyalаsh» yo'nаlishidа tа'lim оluvchi bаkаlаvr vа mаgistrаntlаrgа dаrslik sifаtidа tаvsiya etilаdi. Dаrslikdа melioratsiya mаshinаlаrining sinflаri, tuzilishi, kоnstruktiv аsоslаri, qo'llаnilishi, hisоblаsh nаzаriyalаri yoritilgаn. Shuningdеk, turli ish jihоzigа egа bo'lgаn mаshinаlаrning аsоsiy ko'rsаtkichlаrini, quvvаt bаlаnsini, tоrtish kuchini, stаtik vа dinаmik hisоblаshni uslubiyoti bеrilgаn. Dаrslikdаn irrigаtsiya vа melioratsiya sоhаsidаgi injеnеr-tехnik vа ilmiy хоdimlаr hаm fоydаlаnishlari mumkin. "

    Ёшларнинг жамиятга ижтимоий мослашуви

    С.С. Агзамходжаев

    Kitobda mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlar sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, yoshlar va jamiyat, yoshlar va zamonaviy globalizasion jarayonlar kabi mavzular yoritilgan. Tadqiqotda respublikamizning taniqli etnolog, sosiolog, tarixchilarning yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi muammolariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlari o'rin olgan.

    Бўлажак математика ўқитувчиларида касбий компетентликни шакллантиришнинг назарий асослари

    С.Й. Темуров

    "Ushbu monografiya axborot-kommunikatsion ta'lim muhitida bo'lajak matematika o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga bag'ishlangan. Monografiya pedagogika oliy ta'lim muassasalari matematika ta'lim yo'nalishi bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar va shu yo'nalishda izlanishlar olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilarga mo'ljallangan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari markazi grantlari asosida bajarilayotgan «Axborot-kommunikatsion ta'lim muhitida matematikani o'qitishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish» mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olingan ilmiy natijalarni o'z ichiga oladi."

    Мустақил мутолаа ва адабий таҳлил

    С.И. Камбарова

    Monografiyada o'quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlan­tirish, mustaqil o'qish asosida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda muayyan adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakllan­tirishda muhim o'rin tutuvchi zamonaviy pedagogik texnologiya va ta'lim metodlarining samarali jihatlari yoritiladi.Undan oliy o'quv yurtlari filologik ta'lim yo'nalishi bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari, mustaqil izlanuvchilar, umumiy o'rta ta'lim maktablari adabiyot o'qituvchilari sinfdan tashqari o'qish va fakultativ mashg'ulotlarini tashkil etishda, badiiy asarlar tahlilida foyda­lanishlari mumkin.

    Нон жийда

    С.А. Турдиев

    Ушбу монографияда Ўрмончилик ва халқ хўжалиги учун қимматли доривор ўсимлик–шарқ жийдаси (Elaeаgnus oriеntalis L) республикамизда халқ селекцияси томонидан яратилган маданий шакллари генетик ресурсларини ўрганиш ва истиқболли шаклларини танлаш, кўпайтириш ҳамда коллекциясини яратиш бўйича ўтказилган илмий – тадқиқотларнинг натижалари акс эттирилган.Монографияда Ўрмончилик ва халқ хўжалиги учун қимматли доривор, ерларнинг мелиоратив ҳолатига ижобий таъсир кўрсатувчи мевали ўсим­ликнинг МДҲ мамлакатларида илмий ўрганиш ва маданийлаштириш тарихи, биологияси, географик тарқалиши, ташқи муҳит омиллари билан муносабати, вегетатив ва уру­ғи­дан кўпайтириш усуллари, кўчатларини етиштириш, био­ки­мёси, плантацияларда ўстириш ҳамда унинг зараркунанда ва касалликлари ҳақида маълумотлар келти­рилган.Монография ўрмон хўжалиги, боғдорчилик ва доривор ўсимликларни етиш­тириш билан шуғулланувчи мутахассислар, фермерлар, талабалар, магистрантлар ва кенг китобхонлар оммаси учун мўлжалланган.

    Ўзбекистонда демократик ҳуқуқий давлат ва фуқаролик жамияти қуриш жараёнида кучли ижтимоий ҳимоя сиёсати

    С. Улмасов

    Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish jarayonida kuchli ijtimoiy himoya siyosatining maqsadi va yo'nalishlari, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning maqsadli yo'nalishi bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining barcha bakalavriat yo'nalishlari talabalari va magistrantlari, stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchilar, pedagoglar va mazkur muammo bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan.

    Чинобод санаторияси

    С. Толипов

    Ushbu ilmiy-ommabop kitobda «Chinobod» sanatoriyasi va sharq tabobatining tarixi, sanatoriya tashkilotchilarining faoliyati, shifokorlarning mashhur ustozlari, tabobatning dolzarb masalalari, davolash va profilaktika ishlari, mineral suv va boshqa tabiiy davolash muolajalari, xususan, psixoprofilaktika, davolash fizkulturasi, massaj, terrenkur, to'g'ri ovqatlanish, parhez bilan davolash, sanatoriyada obodonlashtirish, ma'naviyat va madaniyat ishlari haqida ma'lumotlar berilgan.

    Влияние динамических нагрузок на напряженно деформированное состояние комбинированных металлодеревянных стержневых конструкций покрытий

    С. Раззаков

    Настоящая монография посвящена влиянию динамических нагрузок на напряженно-деформированное состояние комбинированных металлодеревянных стержневых конструкций покрытий. Разработана методика учета развития торцевых пластических деформаций в сопряжениях деревянных сжатых элементов сквозных конструкций в процессе колебания и испытательная установка для экспериментального исследования колебаний цепной балки, моделирующей комбинированные стержневые конструкции. Приведены теоретические кривые прогнозирования развития торцевых пластических деформаций в зависимости от числа циклов и уровня нагружения, которые подтверждены экспериментально.