PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev

Читать онлайн.
Название PEDAGOGIKA
Автор произведения J. Hasanboyev
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-5878-0-7



Скачать книгу

al-qonun fit-t-tibb» («Tib ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo‘ («Jonni saqlash kitobi»); «Kitob an-najot» («Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar.

      • Axloqqa va ma’rifatga oid «Risola fi ilm al-axloq» («Axloqqa oid risola»); «Risola fi fazilat an-nafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola fi al-ahd» («Burch haqida risola»); «Kitob an-insof» («Adolat haqida kitob») va shunga o‘xshash ta’lim-tarbiyaga oid boy asarlardan iborat ma’naviy merosni kelajak avlodga qoldirdi.

      Buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi, olim va o‘z davri ta’lim tizimining bosh islohotchisi, ma’rifatparvar inson, dunyoda birinchi hisoblash markazining tashkilotchisi Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatida ham dunyoviy ilmlar o‘qitilishiga katta e’tibor berilgan.

      Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislar, talabalar bilan rasad- xonada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etib, bu ishlarga bevosita o‘zi rahbarlik qilgan.

      Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya sohasida o‘sha zamonlarda, hattoki hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlari pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyat- da muhimdir. Ya’ni. u ta’lim berish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb ta’kidlaydi:

      • ta’lim oluvchini zeriktirmaslik kerak;

      • talabalarga bilim berishda bir xil narsa va ma’lumotlarni doimo bir xil usulda o‘rgatavermaslik kerak;

      • uzviylik va izchillik asosida mavzularni qiziqarli qilib o‘rgatish yo‘llarini kashf etib borish lozim;

      • ta’lim berishda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali qilib borishga erishish kerak;

      • talabalarning bilim olishida ularning ilmlarni egallashiga, tushunib harakat qilishni, ya’ni ijodiy intilishiga va qiziqishiga e’tibor doimo ta’lim beruvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

      Abu Rayhon Beruniy ta’lim-tarbiya jarayonida muhitning ahamiyatiga alohida e’tibor bergan va u, «barcha illatlarning asosini bilimsizlik tashkil etadi». degan fikrda qat’iy turgan.

      Beruniy inson kamolotidagi omillarni quyidagi asosiy qismlarga bo‘ladi:

      • ma’rifat va ta’lim beruvchining ilm-ma’rifatli bo‘lishi:

      • ilm-fanni e’tirof qiluvchi muhit;

      • ijtimoiy muhit va to‘g‘ri tarbiya;

      • ta’lim beruvchining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi.

      Bular bugungi pedagogikaning metodologik asoslarini yaratishda

      muhim ahamiyat kasb etadi.

      Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida o‘rta asrlardagi qomusiy olimlar bilan birga, keyinchalik chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotssi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiylar katta his- sa qo‘shganlar.

      Hozirgi kunda barkamol shaxs tushunchasi fuqarolik jamiyatini qurish, «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratish» uchun fidoyi farzand bo‘lish tushunchalari bilan bog‘lanib ketdi. Biz endi alohida-alohida yetuk shaxslargina emas, balki barkamol avlodni

      shakllantirishimiz va tarbiyalashimiz lozim. Ana shundagina barkamol avlodlardan, intellektual salohiyatli shaxslardan iborat jamiyatga ega bo‘lamiz. Bu borada Birinchi Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri bilan suhbatida quyidagi qimmatli va ko‘rsatmali fikrni aytganlar: «Endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladi- gan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonni tarbiyalashdan iboratdir».

      Demak, hozirda pedagogika fanining metodologik asosi tadqiqot metodlari, maqsad va vazifalari, yangi yo‘nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa bir qator muammolar yangicha yondashuv, ya’ni milliy mafkura asosida yaratilishini taqozo etmoqda. Shuningdek, Prezitendimiz 1.A.Karimov o‘z risola, nutq va suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, g‘oyalar, ana shu fikr va qarashlar asosida yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» ham pedagogika fanining metodologik asosi sanaladi.

      Shu bilan birga pedagogika fanining ham o‘z ildizlari, sarchashmalari mavjud. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham bosh masala Inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo‘lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy- axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo sifatida namoyon bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan boshlab, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» va boshqa juda ko‘p didaktik asarlarning har birini bir pedagogik darslik, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Biz ana shu asarlarga tayangan holda tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina, pedagogikaning ilmiy asoslarini boyitgan boiamiz.

      Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov bu borada shunday degan edi: «O‘z- bekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:

      • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

      • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

      • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

      • vatanparvarlik».

      O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda pedagogika fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog‘langan holda, har bir pedagogik masalaga ijodiy, rivojlantiruvchi nuqtai nazardan yondashish zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakl lanayotgan pedagogika – inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar va texnologiyalar hosil bo‘lgandagina haqiqiy milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar.

      Bu borada Respublikamiz Birinchi Prezidenti ning quyidagi vazifaviy (ko‘rsatmali) fikri ahamiyatlidir: «o‘z-o‘zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalan- gan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demok- ratik jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifa- larni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega».

      2.3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.

      Pedagogikada ta’lim va tarbiya jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo‘limlar mavjud. Ular:

      1. Didaktika – bu o‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug‘ullanadigan soha. Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Didaktika yunoncha so‘z bo‘lib, «didasko‘ – o‘qitish, «didaskol» – o‘rgatuvchi, degan so‘zlardan kelib chiqqan.

      Muayyan bir fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha

      o‘quv predmetining umumiy jihatlarini muayyanlashtiradi va ularda o‘qitishning umumiy jihatlari namoyon bo‘ladi.

      2. Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog‘i – bunda shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e’tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma’naviy jihatlarni shakllantirish masalalarining yechimi qaraladi.

      3. Pedagogika tarixi – bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun-mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda ifodalanganligi, qaysi usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat ko‘rsatganligi, qanday natijalarga