Название | PEDAGOGIKA |
---|---|
Автор произведения | J. Hasanboyev |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978-9943-5878-0-7 |
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
– ta’limning ustuvorligi;
– ta’limning demokratlashuvi;
– ta’limning insonparvarlashuvi;
– ta’limning ijtimoiylashuvi;
– ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
– ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
– iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
– maktabgacha ta’lim;
– umumiy o‘rta ta’lim;
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
– oliy ta’lim;
– oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
– kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
– maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, uning o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni o‘zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar. mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb- hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik lashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo‘nalishi bo‘lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o‘quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq, o‘ta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur oiganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakl lantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik litseylar, asosan, oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviv kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlan- ganligi, shuningdek, O‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplo‘llar beriladi. Ushbu diplo‘llar asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqichda (bakalavriat hamda magistratura) tashkil etilib, mutaxassislar vo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizidagi ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat koisatadi:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish. shaxsning ijodiy ta’lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspi-antura, adyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi dip- lomga ega bo‘lish huquqini beradi.
Har ikki daraja (aspirantura, doktorantura)da ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida